O’zbekiston Bosh vazirining o’rinbosarlari: ular kim va nechta?

0
78

Uzbek Review O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi rahbariyatidagi so‘nggi o‘zgarishlar haqida infografikani tayyorladi.

Ramatov Achilbay Jumaniyazovich. 2016-yil 15-dekabrdan – 2019-yil 5-fevralgacha – O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o’rinbosari – Hududlarni va kommunal sohasini, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasini rivojlantirish kompleksi rahbari. 2019-yil 5-fevralda bosh vazirning birinchi o’rinbosari lavozimini saqlab qolgan holda, O’zbekiston transport vaziri etib tayinlandi. 2020-yil 21-yanvarda transport vaziri va Oliy Majlis Senatining a’zosi lavozimini tark etdi.

Kuchkarov Jamshid Anvarovich. 2017-yil 6-fevraldan boshlab Bosh vazir o’rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda. 2017-yil 28-noyabrda moliya vaziri etib tayinlandi. 2020-yil 24-fevraldan – Bosh vazir o’rinbosari – Iqtisodiyot va sanoat vaziri.

Barnoev O’ktam Isoevich. 2016-yil dekabr oyidan buyon Buxoro viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan. 2020-yil fevral oyida Bosh vazirning qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish bo’yicha o’rinbosari etib tayinlandi.

Abduxakimov Aziz Abdukaharovich. 2018-yil 28-maydan – Bosh vazir o’rinbosari, Ta’lim, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari kompleksi rahbari. 2020-yildan boshlab yana Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasining raisi etib tayinlandi.

Umurzakov Sardor Uktamovich. 2019-yil 28-yanvarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri etib tayinlandi. 2020-yil mart oyidan beri u Bosh vazirning o’rinbosari.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here