Xalqaro hamjamiyatga O‘zbekistonning COVID-19 qarshi kurashish bo‘yicha harakatlari taqdim etildi

0
65

2020 yil 27 may chorshanba kuni «COVID-19 pandemiyasi davrida O‘zbekistonning iqtisodiy barqarorligi» mavzusida tashkil etilgan maxsus xalqaro onlayn tadbir 27 mamlakat vakillari bo‘lmish 230 dan ortiq rahbarlar, investorlar, mansabdor shaxslar va tahlilchilarni jamladi.

Ushbu tadbir Britaniya-O‘zbekiston Jamiyati va Yevropa-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi (YeO‘IHA) tashabbusida tashkil etildi. Britaniyalik Eurasian Investor va Adam Smith Conferences kompaniyalari esa tashkilotchi – kompaniyalar vazifasini bajarishdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) hamda O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi elchixonasi ko‘magida tashkil etildi.

Buyuk Britaniya, Belgiya va O‘zbekiston spikerlari ishtirok etgan uchrashuv Zoom ilovasi orqali va YouTube kanalida namoyish etildi.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi elchisi Said Rustamov ochdi. Elchi O‘zbekiston hukumatining kasallikning ilk holatlari aniqlangandanoq epidemiya tarqalishini oldini olishga qaratilgan tezkor harakatlarini alohida taʼkidlab o‘tdi hamda iqtisodiyotni barqarorlashtirish va uning normal holatga qaytarish bo‘yicha murakkab jarayon boshlangani haqida gapirdi.

Vebinar davomida ishtirokchilar o‘rtasida o‘tkazilgan savol-javob O‘zbekiston iqtisodiyotini tiklash istiqbollariga nisbatan yuqori darajali optimizmni namoyish etdi. So‘rovda qatnashgan 123 respondentning 78 foizi boshqa rivojlanayotgan va chegaradosh bozorlarga nisbatan O‘zbekiston xorijiy investorlar uchun “jozibaliroq” bo‘ladi, degan fikrni bildirishdi. Shuningdek, respondentlarning 18 foizi O‘zbekiston boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarga qaraganda investitsiyalar nuqtai nazaridan «ancha jozibador» bo‘ladi, deb hisoblashdi.

Olingan optimistik baho ishtirokchilar tomonidan o‘z taqdimotlari chog‘ida tasvirlangan O‘zbekiston iqtisodiyotining asosiy barqarorligini va diversifikatsiya darajasini aks ettirishi mumkin. Yevropa-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasining (YeO‘IHA) bosh kotibi Oybek Shayxov O‘zbekiston iqtisodiy barqarorligining bir necha asosiy manbalari sifatida, shu jumladan mamlakatning strategik tabiiy zaxiralari va tashqi qarzning nisbatan past darajasini qayd etdi.

Shayxov, shuningdek, O‘zbekiston hukumatining COVID-19 bilan bog‘liq inqirozga qarshi harakatlari oqibatida erishiladigan muvaffaqiyat bu barqarorlikni mustahkamlashini, bugungi kunda davlatning ushbu qaltis vaziyatga javobi hukumatning keng qamrovli islohot dasturi amalda o‘z vaqtida bajarilganini va puxtalik nuqtai nazaridan sinovdan o‘tganligini taʼkidladi.

Shu bilan birga, tadbirda qayd etilishicha, O‘zbekiston iqtisodiyoti global sustlashuv va taʼminot zanjirining uzilishi natijasida yuzaga kelayotgan jiddiy ichki va tashqi muammolarga duch kelmoqda. Vebinar auditoriyasi savol-javoblar orqali bandlik darajasi pasayishi va chet el investitsiyalarining kamayishidan xavotirda ekanini bildirdi, bunda ushbu toifalarning har biri respondentlarning 28 foizi tomonidan «O‘zbekiston iqtisodiyotining havotirga solayotgan eng muhim sohasi», deb belgilandi.

Bandlikka berilgan urg‘u Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) tomonidan tayyorlangan tahlillar bilan bir xildir, deb tushuntirdi markaz direktorining o‘rinbosari va spikerlardan biri Umid Abidxojayev. U o‘z nutqida taqdimot paytida 6000 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etgan «Isteʼmolchilarning kayfiyati indeksi» so‘rovining dastlabki natijalarini taqdim etdi. Javob berganlarning bir qismi COVID-19  inqirozi bandlikka salbiy taʼsir etishini kutayotganini aytdi. Ammo Abidxadjayev tiklanish jarayoni tez kechishiga ishonch bildirdi, chunki bugungi kunda O‘zbekistondagi qurilish firmalarining 76 foiziga qo‘shimcha tarzda sanoat firmalarining 91 foizi ham o‘z faoliyatini qayta tikladi, bu esa, qisqa muddatli kelajakda ish kuchiga bo‘lgan talab ham tiklanadi deganidir.

XVJ va YETTB kabi xalqaro moliya institutlarining prognozlari O‘zbekiston «v-simon tiklanish»ni boshdan kechirishi, kelgusi yilda o‘sish 6 foizdan 7 foizgachani tashkil etishi haqidagi fikrni qo‘llab-quvvatlamoqda,.

Tadbir g‘oyasining birinchi tashabbuskori bo‘lgan Britaniya-O‘zbekiston jamiyatining raisi Lui Skayner o‘z nutqida chegaradosh va rivojlanayotgan bozorlarning tizimli zaifliklaridan tobora ko‘proq tashvishga tushayotgan xorijiy investorlar uchun jozibador bo‘ladigan O‘zbekistondagi «kompaniyalar, banklar va odamlar o‘rtasidagi haqiqiy sinergiya»ni taʼkidladi. Skayner, shuningdek, O‘zbekiston xalqaro kreditorlardan moliyaviy ko‘mak olishni davom ettirishi mumkin bo‘lsada, O‘zbekiston hukumati kapital bozorlarini xususiylashtirish va rivojlantirishga qaratilgan saʼy-harakatlarini davom ettirishi shartida, mamlakat ichki resurslardan ham foydalanish imkoniyatiga ega, deb qayd etdi.

COVID-19 O‘zbekiston hukumati, xususiy sektor va keng jamoatchilik uchun muhim saboq bo‘ldi, degan fikrni «Dentos Tashkent» kompaniyasining Boshqaruvchi hamkori Eldor Mannopov bildirdi va u «O‘zbekistonda COVID-19  sog‘liq uchun ham, iqtisodiy salomatlik uchun ham sinov bo‘lganda ham, orttirgan tajribamiz iqtisodiyot immunitetini yaxshilash va yana-da ko‘proq imkoniyatlar yaratish uchun zamin bo‘ladi», deb tushuntirdi.

Tadbir videoyozuviga havola:

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here