Biz haqimizda

O’zgarishlar davri qaror qabul qilish jarayonida sifatli tahlilning muhimligiga olib keldi. «The Uzbek Review» o’z o’rnida 3 ta tilda faoliyat olib boradigan birinchi axborot platformasi bo’lib, O’zbekistondagi tahliliy soha bo’shliqlarini to’ldirishni mo’ljallagan loyihadir.

Bizning ustuvor yo’nalishimiz yangiliklar tarqatish yoki faktlar bilan bo’lishish emas, balki ishonchli kontekst sifatida xizmat qiladigan xulosalarni taqdim etishdir.

Bizning materiallarimiz sifatli bo’lishini ta’minlash uchun, chiqarayotgan har bir ma’lumotimizning obyektiv bo’lishini ta’minlashga harakat qilamiz.

Biz jamoatchilik fikri yetakchilaridan boshlab mahalliy axborot agentliklarigacha turli xil manbalarni kuzatamiz va ulardan ma’lumotlarni yig’amiz. Bizning faoliyatimiz uch qismdan iborat: O’zbekiston iqtisodiyoti va uning bozori haqida ma’lumot yig’ish, uni tahlil qilish va taqdim etish.